logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Anchelotti Braziliyaning SHotlandiyani mag'lub etib, pley-offga yo'llanma olganiga izoh berdi

 25 IYUN, 2026, 12:00

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti JCH-2026 guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan SHotlandiyaga qarshi o'yindagi yirik g'alaba (3:0) haqida gapirdi.

"Hozir biz bir jamoa bo'lib harakat qilyapmiz — bu bizning maqsadimiz edi. Biz mukammal emasmiz, hali ishlaydigan jihatlar bor. To'p nazoratida tezlikni oshirishimiz kerak. Men mamnunman, jamoa yaxshilandi va barqarorroq bo'ldi. Pley-offda mustahkamlik muhim ahamiyatga ega. Birinchi o'yinga qaraganda xatolarimiz kamaydi, temp paydo bo'ldi va hujum samaraliroq tus oldi", — deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Globo.

Braziliya guruhda birinchi o'rin bilan pley-offga yo'l oldi. "Pentakampeonlar" hisobida uchta o'yindan keyin 7 ochko bor. Marokash ham 7 ochkoga ega, biroq to'plar nisbatiga ko'ra braziliyaliklardan orqada. Uchinchi o'rinni 3 ochko bilan SHotlandiya egalladi. Stiv Klark shogirdlarida haliyam pley-offga chiqish imkoniyati mavjud. Gaiti terma jamoasi esa biror ochko ololmay, kvartetni yakunlab berdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ