Yana ikki rossiyalik atlet O'zbekiston sharafini himoya qiladi
24 IYUN, 2026, 15:16
Akademik eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi safiga yana ikki legioner kelib qo'shildi.32 yoshli Maksim Golubev va 25 yashar Gleb Fyodorov endi O'zbekiston terma jamoasi safida musobaqalarda ishtirok etadi.
Maksim Golubev 1994 yil 23 avgust kuni Sankt-Peterburgda tug'ilgan. 2016 yilgi Evropa chempionatining kumush medal sohibi. Rossiya chempioni.

Magnitogorsklik Gleb Fyodorov esa 2001 yilning 16 fevral kuni tavallud topgan. U Rossiyada "Sport ustasi" unvoni uchun nomzod edi.

Manba: olamsport.com
