logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Ikki tennis malikamiz Uimbldon 1/2 finalida!

 24 IYUN, 2026, 11:00

London shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 86 million dollarni tashkil etgan Uimbldon turnirining saralash bahslari bo'lib o'tmoqda.

Musobaqaning asosiy to'r bahslari 29 iyun kuni boshlanib, 12 iyulga qadar davom etadi. Biz uchun ahamiyatlisi, ayollar o'rtasidagi saralash turnirida mamlakatimizning ikki tennis malikasi ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. Kecha ular saralashning ilk bosqichida kortga chiqishdi. 

O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Mariya Timofeeva saralashning 1/4 finalida amerikalik Uitni Osigve bilan hisob-kitob qildi. Bir soatu 32 daqiqa davom etgan uchrashuvda Mariya ortiqcha qiyinchiliksiz raqibasini taslim etdi - 6/1, 6/4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Ikkala tennischi ham eys zarbasini amalga oshira bilmadi. Qo'shxatolar Uitnida ko'proq bo'ldi - 4 ga 3. Mariya ayni paytda WTA reytingida 92, Uitni esa 183-o'rinni egallab turibdi.  

Mamlakatimizning uchinchi raketkasi Polina Kudermetovaning 1/4 finaldagi raqibasi franciyalik Jessika Ponshe bo'ldi. Bahs g'olibi uch set natijasiga ko'ra aniqlandi. Birinchi setni deyarli qarshiliksiz boy bergan Kudermetova kambek amalga oshira oldi - 1/6, 6/2, 6/3. Bir soatu 39 daqiqa davom etgan uchrashuvda Polina 4, Jessika 6 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar bo'yicha Kudermetova "ustunlik" qildi - 10 ga 7. Polina Kudermetova ayni paytda dunyoning 116, Ponshe esa 190-raketkasi bo'lib turibdi. Tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham vakilamiz zafar quchdi. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ