logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Portugaliya termasida bir futbolchidan boshqa barcha O'zbekistonga qarshi maydonga tushishga tayyor

 23 IYUN, 2026, 13:16

Ronalduning O'zbekistonga qarshi o'yinda asosiy tarkibda tushish-tushmasligi haqidagi savolga Martines aniq javob berishdan qochdi.

Tanqidchilar 41 yoshli hujumchining maydondagi faolligi pasayganini aytishayotgan bo'lsa-da, murabbiy uning jamoa uchun ahamiyatini yuqori baholadi.

"Krishtianu — o'z ishiga to'liq sodiq inson," — dedi u. "Tezroq tiklanish, o'yinga tayyorgarlik ko'rish va mashg'ulot o'tash borasida u barchamiz uchun eng katta namunadir. Bu uning oltinchi Jahon chempionati va u uzoq vaqtdan beri o'z vatani uchun kurashib kelmoqda. Men hozircha asosiy tarkibni ayta olmayman, chunki bu haqda hali o'z futbolchilarimga malum qilganim yo'q."

Portugaliya uchun ijobiy yangilik shundaki, jarohati sabab birinchi o'yinni o'tkazib yuborgan himoyachi Ruben Diash to'liq sog'aydi va mashg'ulotlarga qaytdi. Martinesning malum qilishicha, Tomas Araujodan tashqari barcha futbolchilar O'zbekistonga qarshi bahsga tayyor.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ