FIDE Jamoaviy Jahon chempionati-2026: Abdusattorov chempion! Yana uch shaxmatchimiz sovrindor bo'ldi
22 IYUN, 2026, 09:16
Gonkongda yakuniga etgan jamoaviy blic jahon chempionatida O'zbekiston jamoasi nafaqat umumiy hisobda bronza medalini qo'lga kiritdi, balki shaxmatchilarimiz o'z taxtalarida ham ajoyib shaxsiy natijalarni qayd etib, medallarga ega chiqishdi.Oltin medal:
Nodirbek Abdusattorov (1-taxta) — Hamyurtimiz eng kuchlilar o'ynagan 1-taxtada mutlaq tengsiz bo'ldi! U 19 ta o'yinda 15.5 ochko jamg'arib, aqlbovar qilmas 2936 reyting perfomansini ko'rsatdi va oltin medalni qo'lga kiritdi.
Kumush medallar:
Umida Omonova (6-taxta) — Ayollar o'rtasidagi bahslarda 12 o'yindan 9 ochko jamg'arib, o'z taxtasida kumush medal sohibasiga aylandi.
Akjol Rahmatullaev (8-taxta) — Yosh iqtidorimiz 21 ta partiyada 14.5 ochko to'plab, kumush medalni qo'lga kiritdi.
Bronza medal:
SHamsiddin Vohidov (5-taxta) — 15 ta partiyada 8.5 ochko jamg'argan holda, o'z taxtasida kuchli uchtalikdan joy oldi.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Manba: olamsport.com
