logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

UFC Fight Night 279 turnirining bonus sohiblari malum bo'ldi

 21 IYUN, 2026, 11:32

UFC tarixidagi to'rtinchi tvister muallifiga aylangan Qirg'iz Respublikasi vakili, tashkilot debyutanti Murtazali Magomedov ilk tarixiy g'alabasidayoq bonusga ega chiqdi.

MMAda mag'lubiyatsiz odimlayotgan yon qo'shnimiz Las-Vegasdagi UFC Fight Night 279 turnirida Melsik Bagdasaryanni jangning 77-soniyasidayoq mag'lubiyatga uchratdi. Murtazali ushbu g'alabasi uchun qo'shimcha 100 000 dollarlik mukofot chekini qo'lga kiritdi.

"Oqshom chiqishi" uchun ikkinchi bonus tadbir xedlayneri, angolalik Manel Kapega nasib etdi. U potentcial davogarlik jangida yaponiyalik Kiodji Xoriguchini uchinchi raundda texnik nokautga uchratdi.

"Oqshomning eng yaxshi jangi" ishtirokchilari Vinishius Oliveyra va Andre Fili bo'lib, ularning ajoyib to'qnashuvi ikkinchi raund tugashiga to'rt soniya qolganida braziliyalikning texnik nokautlik g'alabasi bilan yakunlandi.

SHuningdek, Navaxo Stirling, Levan CHoxeli, Kristian Rodriges va Beatris Meskita muddatidan oldin g'alaba qozongani uchun 25 000 dollardan bonus olishdi.




Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ