logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Uzbekistan Team Jamoaviy blic jahon chempionatida 1/4 finalga chiqdi

 21 IYUN, 2026, 09:48

Gonkongda dunyoning eng kuchli grossmeysterlari, etakchi klublar, xalqaro jamoalar ishtirokida blic yo'nalishi bo'yicha jamoaviy jahon chempionatining birinchi kuni ortda qoldi.

Mukofot jamg'armasi 310 ming evroni tashkil etuvchi ushbu nufuzli musobaqada 40 dan ortiq jamoa tarkibida 300 nafardan ziyod shaxmatchi chempionlik uchun kurashyapti. Jamoaviy jahon chempionatida O'zbekiston ikkita jamoa bilan ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik. Saralash bahslarini muvaffaqiyatli yakunlab, to'rtinchi o'rin bilan pley-offga yo'l olgan ikkinchi jamoamiz - "Sky Chess Team" 1/8 finalda Mr Birdie and friends jamoasiga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Etakchi grossmeysterlarimizdan tarkib topgan Uzbekistan Team esa saralash bahlarini ikkinchi o'rinda yakunadi. SHaxmatchilarimiz 1/8 finalda Ozarbayjonning Odlar Yurdu jamoasi 3:1 hisobida taslim etildi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Bugun chorak finalda Uzbekistan Team blic bo'yicha amaldagi jahon chempioni, Magnus Karlsen boshchiligidagi WR Chess jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bu ikki jamoa rapid bahslarida ham o'zaro to'qnash kelgan va unda 3:3 hisobidagi jangovar durang natija qayd etilgandi. O'shanda Javohir Sindarov birinchi doskada qora donalarda o'ynaganiga qaramay Magnus Karlsenni mag'lubiyatga uchrata olgandi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Uzbekistan Team jamoasi tarkibi:

Javohir Sindarov (GM, 2718)

Nodirbek Abdusattorov (GM, 2703)

Nodirbek Yakubboev (GM, 2569)

SHamsiddin Vohidov (GM, 2527)

Muhiddin Madaminov (GM, 2500)

Afruza Hamdamova (WGM, 2358)

Umida Omonova (WGM, 2276)

Akjol Rahmatullaev (1600)

Jamoa sardori — Rustam Qosimjonov.


Sky Chess Team

SHant Sargsyan (GM, 2616)

Endryu Xong (GM, 2557)

Aram Hakobyan (GM, 2542)

Muhammadzohid Suyarov (IM, 2405)

Gulruhbegim Tohirjonova (IM, 2314)

Rahmonqul Sulaymonov (1786)

Asqarjon Ismoilov (1400)

Jamoa sardori — Hulkar Tohirjonova.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ