logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Yuventus» Dzanologa qiziqish bildirmoqda

 20 IYUN, 2026, 19:24

Italiyalik yarim himoyachi Nikolo Dzanolo «Udineze» safidagi sermahsul mavsumdan so'ng bir qator top-klublarning e'tiborini tortdi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

26 yoshli futbolchi uchun kurash «Yuventus», «Komo» va «Milan» klublari o'rtasida kechmoqda. Bu transferdagi asosiy muammo futbolchining maoshi bo'lib turibdi: Dzanolo «Udineze»dagi hozirgi maoshidan yiliga 600-700 ming evro ko'proq pul talab qilmoqda. Eslatib o'tamiz, uning friuliyatliklar bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.

«Yuventus» ushbu transferga o'z yarim himoyachisi Vasilie Adjichni qo'shib, futbolchilarni o'zaro almashtirish variantini ko'rib chiqmoqda. Biroq o'z vaqtida Dzanoloni «Galatasaroy»dan 5 million evroga sotib olgan «Udineze» futbolchini o'z safida saqlab qolmoqchi. A Seriyaning yakunlangan mavsumida Nikolo 32 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ