logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona»ning sobiq futbolchisi Levandovski haqida: «Robert menga juda e'tiborli bo'lgan»

 20 IYUN, 2026, 18:12

«Barselona» klubining sobiq a'zosi Pau Viktor Robert Levandovski bilan birga ishlagan davrlarini yodga oldi va bosh murabbiy Xans-Diter Flikning jamoadagi o'zaro muhitga ko'rsatgan ta'sirini alohida ta'kidladi.

Futbolchining so'zlariga ko'ra, aynan Flik polshalik tajribali hujumchiga yosh futbolchilarga yordam berishni va mashg'ulotlar jarayonida ularga o'rnak bo'lishni topshirgan.

«Flik menga ko'plab maslahatlar bergan, biroq u qilgan eng asosiy ish — Levandovskidan jamoada men uchun xuddi otadek bo'lishni iltimos qilgani deb hisoblayman. Robert esa menga juda ham e'tibor bilan munosabatda bo'ldi. U doimiy ravishda jarima maydonchasi ichida qanday harakat qilish, to'g'ri pozitsiya tanlash va himoyachilarni qanday nazorat qilish bo'yicha maslahatlar berib borardi. Men undan juda ko'p narsani o'rgandim va undan cheksiz minnatdorman», — deya hikoya qildi Viktor sport.es nashriga bergan intervyusida.

Ayni paytda Pau Viktor Portugaliyaning «Braga» klubi sharafini himoya qilmoqda. Robert Levandovski esa kataloniyaliklar bilan shartnomasi yakunlangach, erkin agent sifatida o'ziga yangi jamoa izlash bilan band.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ