logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Romano «PSJ»ning «Vest Xem» yulduzlariga qiziqishi haqidagi mish-mishlarga nuqta qo'ydi

 20 IYUN, 2026, 18:12

Frantsiyaning «PSJ» klubi «Vest Xem» yarim himoyachisi Mateush Fernandesh va vinger Krisensio Sammervillning transferi bo'yicha hech qanday muzokara olib bormayapti. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, Parij klubi shunchaki ushbu o'yinchilar haqida ma'lumot to'plagan, xolos, chunki klub skautlari muntazam ravishda ko'plab futbolchilarni shu tarzda kuzatib borishadi. Hozirgi vaqtda «PSJ» va «Vest Xem» o'rtasida hech qanday muzokara yo'q va Frantsiya chempionlari tomonidan bu borada hech qanday faol harakatlar amalga oshirilmayapti.

Yakunlangan mavsumda 21 yoshli Fernandesh barcha turnirlarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

24 yoshli Sammervill esa 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 7 ta zabit etilgan to'p va 5 ta assistni yozdirib qo'ygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ