Carukyan Adesanyaga "otvet" qildi: "Ichkilikdan ko'ra strim qilish yaxshiroq"
20 IYUN, 2026, 18:00
Engil vazn UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan rossiyalikni sport zalida mahoratini oshirish o'rniga blogerlar bilan ko'p vaqt o'tkazayotgani uchun tanqid qilgan tashkilotning o'rta divizion sobiq chempioni Israil Adesanyaga javob qaytardi."Menga jang tayinlanganida, zalga yotib olaman. Hozir mening jangim yo'q, shuning uchun dam olishim va hayotdan zavqlanishim mumkin. Bu ichkilikdan yaxshiroq, Adesanya. Ha, ichishdan ko'ra strim qilish yaxshiroq", - dedi Arman Nina Drama bilan suhbatlashar ekan.
Arman Carukyan so'nggi jangini o'tgan yilning noyabr oyida o'tkazib, ikkinchi raundda yangi zelandiyalik Den Xukerni qo'l uchburchagi usulida bo'g'ib qo'ydi. O'shandan keyin u asosan RAF professional kurash ligasidagi chiqishlari va ijtimoiy tarmoqlardagi faol faoliyati bilan mashg'ul bo'lmoqda.
Xabarlarga ko'ra, Carukyan shu yilning sentyabr oyida oktagonga qaytishi va BMF kamari sohibi braziliyalik CHarlz Oliveyra bilan revansh jangi o'tkazish mumkin.

Manba: olamsport.com
