logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Yunayted» ikki yulduzni nishonga oldi, biroq...

 20 IYUN, 2026, 17:48

«Manchester Yunayted» klubi «Real» yarim himoyachisi Orelen Tchuameni va «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimhenni sotib olmoqchi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, «qizil iblislar» Osimxenni hujum chizig'i uchun ideal nomzod deb hisoblashmoqda, biroq nigeriyalik forvardni sotib olish juda qiyin bo'ladi. Sababi, «Galatasaroy» o'z yulduzi uchun 150 million evro talab qilmoqda.

Shuningdek, «Manchester Yunayted» Orelen Tchuamenining imkoniyatlarini ham yuqori baholamoqda va uni maydon markazi uchun ajoyib variant deb bilmoqda. Ammo tarqalgan mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, «Real Madrid» frantsuz futbolchisi bilan xayrlashishni istamayapti.

Eslatib o'tamiz, Maykl Kerrik shogirdlari 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, APLda uchinchi o'rinni egallab, Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ