Pas qarorini o'zgartirmadi: u «Real»ga qaytmoqchi emas
20 IYUN, 2026, 17:30
«Komo» klubining 21 yoshli yarim himoyachisi Nikolas Pas o'zining kelajagi borasidagi pozitsiyasini o'zgartirgani yo'q. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Bundan oldinroq, Madridning «Real» klubi Pasni keyinchalik boshqa jamoaga qimmatroqqa qayta sotish maqsadida, uning shartnomasidagi «qayta sotib olish» bandini faollashtirmoqchi ekanligi ma'lum bo'lgan edi.
Biroq manba bergan xabarga ko'ra, argentinalik iqtidor egasi hamon «Komo»da qolishni istamoqda va Madrid klubiga qaytish niyatida emas. Klublar o'rtasidagi muzokaralar hali ham davom etmoqda, ammo Italiya tomoni Pasni o'z safida saqlab qolishiga to'liq ishonmoqda.
Yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumda Pas barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 40 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 13 bor ishg'ol etdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
