Meyvezer - Zambidis jangi barbod bo'lish xavfi ostida qoldi
20 IYUN, 2026, 16:00
Bir kun avval sobiq chempion kichik Floyd Meyvezerni shartnomani buzganlikda ayblagan CSI Sports Events kompaniyasi nafaqat uni sudga berdi, balki 27 iyun kuni Greciyada o'tishi kerak bo'lgan Meyvezerning Mayk Zambidisga qarshi jangiga aloqador barcha tashkilotlarga sudgacha bo'lgan davolarni yubordi.Natijada, ushbu jangni translyaciya qilmoqchi bo'lgan DAZN strim servisi boks oqshomini o'z dasturidan olib tashladi, Ticketmaster esa shouga chiqarilgan chiptalar sotuvini to'xtatdi.
CSI Sports Events malumotlariga ko'ra, Meyvezer o'tgan yili Mayk Tayson va Menni Pakyaoga qarshi janglarini tashkil etish bo'yicha eksklyuziv huquqlarni ushbu kompaniyaga topshirgan va buning uchun 4,65 million dollar avans olgandi. SHartnoma shartlariga ko'ra, Meyvezer CSI Sports oldidagi majburiyatlarini bajarmaguncha boshqa janglarda qatnashish huquqiga ega emas edi. Biroq, avans olganidan ko'p o'tmay, u Mayk Zambidisga qarshi jangini elon qildi.
Eslatib o'tamiz, Pakyao va Meyvezer allaqachon revansh jangi uchun shartnoma imzolagan, biroq uning aniq sanasi va joyi hali aniqlanmagan: 19, 25 va 26 sentyabr sanalar hamda Las-Vegasdagi turli arenalar oqshom manzili uchun aytilmoqda.
Mayk Taysonga qarshi ko'rgazmali jangga kelsak, u dastlab 25 aprelga rejalashtirilgan edi, keyin 30 mayga (Taysonning jarohati sabab) va biroz keyinroq kuzga ko'chirildi. Ushbu jang Kongo Demokratik Respublikasi poytaxti Kinshasa shahrida Muhammad Ali va Jorj Forman o'rtasida bo'lib o'tgan afsonaviy jangning kuniga to'g'ri kelishi rejalashtirilgan edi.

Manba: olamsport.com
