Jahon kubogining 1/2 finaliga eng ko'p ishtirokchi O'zbekistondan etib keldi!
20 IYUN, 2026, 13:16
O'zbekiston terma jamoasi Xitoyda bo'lib o'tayotgan Jahon kubogining yarim finaliga etib kelish bo'yicha Qozog'iston bokschilarini ortda qoldirdi.CHarm qo'lqop ustalarimizdan 11 nafari yarim finalga etib kelish barobarida kamida bronza medalini naqd qildi. Ikkinchi o'rindan mezbonlar 9 nafar bokschi bilan joy olgan. Qozog'iston va Franciya terma jamoalarining 8 nafardan vakili final chiptasi uchun ringga ko'tariladi.
Umumiy olganda, 44 ishtirokchi davlat orasidan 23 tasi Jahon kubogining 1/2 finaliga etib kelgan.
1/2 finalga eng ko'p bokschi bilan yo'l olgan davlatlar:
O'zbekiston – 11 nafar bokschi
Xitoy – 9 nafar
Qozog'iston – 8 nafar
Franciya – 8 nafar
Hindiston – 6 nafar
Polsha – 6 nafar
Angliya – 4 nafar
Braziliya – 4 nafar
Ozarbayjon – 3 nafar
Italiya – 3 nafar
AQSH – 2 nafar
Bolgariya – 2 nafar
Koreya Respublikasi – 2 nafar
Iordaniya – 2 nafar
Ispaniya – 2 nafar
Avstraliya – 1 nafar
Germaniya – 1 nafar
Kanada – 1 nafar
Eron – 1 nafar
Meksika – 1 nafar
Xitoy Taypeyi – 1 nafar
Tailand – 1 nafar
Moldova – 1 nafar.

Manba: olamsport.com
