logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Asosiy to'qnashuvi Temirovning vaznidagi davogarlik jangi bo'lgan UFC turniri ishtirokchilari taroziga chiqdi

 20 IYUN, 2026, 13:00

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

UFC Fight Night 279 ishtirokchilari ananaga ko'ra, so'nggi face to face hamda tarozidan o'tish marosimlarida hozir bo'lishdi. Oqshomning asosiy jangi eng engil vazn toifasida angolalik Manel Kape hamda yaponiyalik Kiodji Xoriguchi o'rtasida o'tkaziladi. Ushbu jang davogarlik maqomida bo'lib, g'olib chempionlik kamari uchun oktagonga chiqish huquqini qo'lga kiritadi. Tarozida Kape 57.15, Kiodji esa 56.7 kg tosh bosdi. 

* Kevin Borxas eng engil vazn toifasi uchun belgilangan meyorni bajara olmadi. Endi u umumiy gonorarining 20 foizini raqibi Andre Limaga beradi.


UFC Fight Night 279 tarozi natijalari:

Asosiy kard janglari

Manel Kape (57.15 kg) – Kiodji Xoriguchi (56.7 kg)

Ion Kucelaba (93.21 kg) – Navaxo Stirling (92.99 kg)

Xayder Emil (65.77 kg) – Kristian Rodriges (66 kg)

Melsik Bagdasaryan (66 kg) – Murtazali Magomedov (66.22 kg)

Andre Fili (66 kg) – Vinishius Oliveyra (66 kg)


Prelim kard janglari

Kevin Borxas (58.51 kg)* – Andre Lima (57.15 kg)

Beatris Meskita (61.69 kg) – Melissa Mallins (61.46 kg)

Allan Nasimento (57.15 kg) – Mitch Rapozo (56.93 kg)

Maykl Asvell (66.22 kg) – Gaston Bolanos (66.22 kg)

Levan CHoxeli (77.34 kg) – Leon SHaxbazyan (77.34 kg)

Kerol Rosa (61.46 kg) – Luana Santos (61.69 kg)

SHeyn Kollinz (66 kg) – Otari Tanzilovi (65.77 kg)



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ