Nagelsmann Germaniya terma jamoasining navbatdagi raqibi kuchiga baho berdi
20 IYUN, 2026, 06:18
Germaniya terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turida Kot-d’Ivuarga qarshi maydonga tushadi. Har ikki jamoa ham mundialni g'alaba bilan boshlashdi: nemislar kyurasaolik raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi (7:1), ivuarliklar esa Ekvador ustidan g'alabani ilib ketishdi (1:0).
«Kot-d’Ivuar terma jamoasi saralash va o'rtoqlik uchrashuvlarida ajoyib harakat qildi. Ularning o'yin uslubi ancha kutilmagan. Jamoa qanotlarda kuchli, to'p bilan ham, to'psiz ham juda kuchli energiyaga ega, pressingda va to'p yo'qotilganda tartibli harakat qiladi. Biz ularning kuchli tomonlarini iloji boricha zararsizlantirishga harakat qilamiz», — deya Bundestim bosh murabbiyi Yulian Nagelsmannning so'zlaridan iqtibos keltiradi Bayern & Germany.
