Marokash futbolchisi Saybari jahon chempionatida Salohning natijasini takrorladi
20 IYUN, 2026, 06:06
Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Ismael Saybari JCh-2026 guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Shotlandiyaga qarshi o'yinda yagona gol muallifiga aylandi.
«Bavariya»ga o'tishga yaqin turgan PSVning 25 yoshli futbolchisi uchrashuvning 2-daqiqasidayoq shotlandiyaliklar darvozasini ishg'ol qildi. Bundan oldin u birinchi tur doirasidagi bahsda (1:1) braziliyaliklar darvozasini ham ranjitgan edi. Opta ma'lumotlariga ko'ra, Saybari Misr terma jamoasi a'zosi Muhammad Salohdan keyin mundialdagi dastlabki ikkita o'yinida gol urishga muvaffaq bo'lgan ikkinchi afrikalik futbolchiga aylandi.
Guruh bosqichining so'nggi uchrashuvida marokashliklar Gaiti terma jamoasi bilan to'qnash kelishadi.
