Dibala «Yuventus»ga qaytishi mumkin
20 IYUN, 2026, 05:54
«Yuventus» Paulo Dibalaning Turinga qaytishini muhokama qilish uchun uning agenti bilan bog'landi, vaholanki futbolchining «Roma» bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralari davom etmoqda. Dibala 2022 yilning yozida erkin agent sifatida «Roma»ga o'tishdan oldin «byankoneri» tarkibida etti mavsum o'tkazgan edi.
Hujumchining «Roma» bilan amaldagi shartnomasi shu oy oxirida yakuniga etadi, ammo «jallorossi» 32 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni anchadan beri muhokama qilmoqda. Shartnomaga ko'ra, u maoshining kamayishiga rozi bo'lishi kerak. Hozirda u 7 mln evro olmoqda. Bundan oldin argentinalik futbolchi 2,5 mln evro hamda o'tkazilgan o'yinlar soniga bog'liq bo'lgan bonuslardan iborat summaga rozilik bergani xabar qilingandi.
La Gazzetta dello Sport nashrining ma'lumotlariga ko'ra, «Roma» ayni damda Dibalaga yiliga 2,5 mln evro maosh taklif qilmoqda, futbolchining o'zi va uning atrofidagilar esa yiliga 3 mln evro plyus bonuslar talab qilishyapti. Shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan bir yilga tuzish muhokama qilinmoqda.
