Mazraui — 18 yoshli Buaddi haqida: «Ajoyib futbolchi»
20 IYUN, 2026, 05:54
Marokash terma jamoasining yosh yarim himoyachisi Ayub Buaddi jahon chempionatidagi o'yini uchun yana maqtovlarga sazovor bo'ldi. Bu safar «Lill»ning 18 yoshli futbolchisi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan va marokashliklarning minimal hisobdagi g'alabasi bilan yakunlangan Shotlandiyaga qarshi bahsda o'zini ko'rsatdi.
«Uning o'yin sifati hamma narsani aytib turibdi. Ayub — ajoyib futbolchi. U buni Braziliya bilan o'yinda ko'rsatgandi, mana endi Shotlandiya bilan bahsda ham isbotladi. Bu haqiqatan ham aql bovar qilmaydigan darajada. U hammaga juda yoqadi, lekin shu bilan birga juda kamsuqum bo'lib qolmoqda», — dedi SportyTV telekanaliga bergan intervyusida «Manchester Yunayted» sharafini himoya qiluvchi marokashlik himoyachi Nussair Mazraui.
Ko'plab mish-mishlarga ko'ra, «Arsenal», «Liverpul», «PSJ» va Evropaning boshqa grand klublari Buaddini o'z safiga qo'shib olishni istashmoqda.
