logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yamal: «Messi – tarixdagi eng yaxshi futbolchi, men unga, Mbappe va Xolandga taqlid qilishni xohlamayman»

 20 IYUN, 2026, 05:42

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal hujumchilar Lionel Messi, Kilian Mbappe va Erling Xoland haqida fikr bildirdi.

Argentina terma jamoasi hujumchisi haqida

«Messi – tarixdagi eng yaxshi futbolchi. Agar kimdadir shubha bo'lsa, bu ularning o'zlari shubha qidirayotganliklaridan dalolatdir. Ortiqcha gapga hojat yo'q, u eng zo'ri. Messi har bir o'yinda tarixdagi eng yaxshisi ekanligini isbotlamoqda».

Uni Mbappe, Xoland va Messi bilan solishtirishayotgani haqida

«Bu men uchun chalg'ituvchi g'oyaga aylanishini xohlamayman. Gap Mbappega taqlid qilish yoki Messi gol ursa, mening ham gol urgim kelishi haqida ketmayapti. Yo'q, bu meni tashvishga solmaydi. Birinchidan, ular mendan 10 yosh katta. Ikkinchidan esa, menda boshqacha o'yin uslubi bor. Men maslahatlarga quloq solishni istayman. Men 16 ta gol urishim mumkin, keyin esa yarim finalda yutqazib qo'yishimiz mumkin. Shu bois, bu men intilayotgan narsa emas», – dedi 18 yoshli Yamal TVE ga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ