JCh-2026. Braziliya - Gaiti. Asosiy tarkiblar ma'lum
20 IYUN, 2026, 05:12
Bugun, 20 iyun kuni futbol bo'yicha 2026 yilgi jahon chempionati «C» guruhi 2-turidan o'rin olgan Braziliya va Gaiti terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi. O'yin «Linkoln Faynenshel Fild» stadionida o'tkaziladi. Uchrashuvda ispaniyalik Alexandro Ernandes bosh hakamlik qiladi. Hakamning boshlang'ich hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 05:30 da chalinadi.
Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:
Braziliya: Alison, Magalyayns, Markinos, Danilo, Duglas Santos, Kazemiro, Gimarayns, Paketa, Vinisius, Kunya, Rafinya.
Gaiti: Plesid, Arkyus, Ad, Delkrua, Eksperyans, Dyuvern, Bellegard, Jan Jak, Providans, Perro, Kazimir.
«C» guruhining 1-turida Braziliya milliy terma jamoasi Marokash bilan durang o'ynagan edi — 1:1, Gaiti esa Shotlandiyaga mag'lub bo'lgan — 0:1. 3-turda Braziliya terma jamoasi Shotlandiya bilan (25 iyun), Gaiti esa Marokash bilan (25 iyun) to'qnash keladi.
