logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kukurelya «Barselona»ning norozi muxlislariga javob qaytardi

 19 IYUN, 2026, 15:48

Mark Kukurelyaning «Chelsi»dan Madridning «Real» klubiga o'tishi uning qadrdon klubi — «Barselona» muxlislarining keskin noroziligiga sabab bo'ldi. «Ko'k-anorranglilar»ning asosiy raqibi chap qanot himoyachisini 60 million evro evaziga sotib oldi.

«Barselona» muxlislarining g'azabi? Har kim o'z fikriga ega bo'lish huquqiga ega. Men «Barselona» akademiyasida boshdan kechirganlarim uchun juda minnatdorman, ammo hayotdagi kabi futbolchilik faoliyatida ham turli bosqichlar va vaziyatlar bo'ladi. Hozirgi vaqtda «Real»ga o'tish men uchun to'g'ri qadam deb hisobladim. Bunday klub sizni o'z safiga chorlaganida rad etish juda qiyin. Men bir soniya ham shubha qilmadim va juda baxtliman», — dedi 27 yoshli futbolchi matbuot anjumanida.

Ma'lumot uchun, Kukurelya Kataloniya grandining asosiy jamoasi safida bor-yo'g'i bitta uchrashuvda maydonga tushgan, xolos.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ