«Real»ning yosh futbolchisi Ronaldu va Messi o'rtasida tanlov qildi
19 IYUN, 2026, 15:30
Madridning «Real» klubi 18 yoshli yarim himoyachisi Tyago Pitarch Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o'rtasida o'z tanlovini amalga oshirdi.
«Ronaldu yoki Messi? Krishtianu. Men uchun u — GOAT [tarixdagi eng yaxshisi]», — deya ispan OAVlari madridliklar grandining yosh futbolchisi so'zlarini keltirmoqda.
Ma'lumot uchun, Tyago Pitarch «Real»ning asosiy jamoasi safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Krishtianu Ronaldu 2009 yildan 2018 yilga qadar «qirollik klubi» sharafini himoya qilgan.
