logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Bugun xet-trik qayd etgan Devid 60 yildan so'ng ushbu natijaga erishgan ilk futbolchi bo'ldi

 19 IYUN, 2026, 13:32

1966 yildan beri JCH mezboni bo'lgan mamlakat safida xet-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.

Toshkent vaqti bilan 19 iyunga o'tar kechasi jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Kanada — Qatar uchrashuvi bo'lib o'tdi. "V" guruhidan o'rin olgan ushbu bahs Vankuverdagi (Kanada) "Bi-Si Pleys" stadionida o'tkazildi va kanadalik futbolchilarning 6:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.

G'oliblar tarkibida hujumchi Jonatan Devid xet-trik rasmiylashtirdi.

SHu tariqa, Devid 1966 yildan buyon jahon chempionatlarida mezbon mamlakat terma jamoasi safida xet-trik qayd etgan ilk futbolchi bo'ldi. Bu dunyo birinchiliklari tarixidagi atigi oltinchi shunday holatdir.

Bundan tashqari, u 1930 yildan beri KONKAKAF (SHimoliy va Markaziy Amerika) mintaqasidan jahon chempionati bahslarida xet-trik muallifiga aylangan birinchi futbolchiga aylandi. O'shanda ushbu natijani amerikalik Bert Pateno qayd etgan edi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ