SHveycariya va Bosniya o'rtasidagi o'yinda tarixda yuz bermagan holat sodir bo'ldi
19 IYUN, 2026, 11:48
Bugun jahon chempionati guruh bosqichi doirasida SHveycariya - Bosniya va Gercegovina uchrashuvi bo'lib o'tdi."V" guruhidan o'rin olgan ushbu bahs Inglvuddagi (AQSH) "Sou-Fay" stadionida o'tkazildi va shveycariyaliklarning 4:1 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda hisob faqatgina 74-daqiqaga kelib ochildi.
SHu tariqa, bu jahon chempionatlari tarixida 70-daqiqadan so'ng (asosiy vaqtning o'zida, qo'shimcha bo'limlarsiz) raqiblar darvozasiga jami 5 ta gol kiritilgan ilk o'yin sifatida tarixga kirdi.
Guruh bosqichining 3-turida shveycariyaliklar Kanada terma jamoasiga qarshi maydonga tushsalar, bosniyaliklar Qatar bilan kuch sinashadilar.

Manba: olamsport.com
