Iliya Topuriya va Jastin Getji olti oyga chetlatildi
19 IYUN, 2026, 09:00
15 iyun tongida UFC Freedom 250 turnirining asosiy jangi ishtirokchilari Iliya Topuriya va Jastin Getji olti oylik diskvalifikaciya oldi.Ikkala sportchi ham tibbiy sabablarga ko'ra janglardan chetlatildi: Topuriyaning har ikki ko'z kosasi singan, Getjining tizzasi va bilagi jarohatlangan.
Agar ulardan birortasi rasmiy chetlashtirish muddati tugashidan oldin oktagonga qaytishni istasa, u jarohatlarini davolaganini tasdiqlash uchun maxsus tibbiy komissiyadan o'tishi kerak bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Jastin Getji Iliya Topuriyani muddatidan avval mag'lub etib, engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.

Manba: olamsport.com
