logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Konor Makgregor: "UFC'da qolishimga umid qilaman"

 18 IYUN, 2026, 18:48

Sobiq chempion Konor Makgregor UFC bilan yangi shartnomasi haqida fikr bildirdi.

"Moliyaviy tomondan olganda, biz o'rtacha nuqtada kelishdik. Juda yaxshi kelishuvga erishdik. Bu shartnoma mening haqiqiy qiymatimga mos keladimi? Balki yo'qdir. Bu ular menga dastlab taklif qilmoqchi bo'lgan shartlargami? Aniq yo'q. Biz murosaga keldik. Men adolatli muzokara olib borishni bilaman. UFC'ni yaxshi ko'raman va hamkorlikni davom ettirishni istayman. Keyingi voqealar qanday rivojlanishini ko'ramiz.

Men malum darajada qoniqdim. UFC'da qolishimga umid qilaman. Umid qilamanki, biz kelishuvga erisha olamiz. Menga yanada kattaroq hurmat bilan munosabatda bo'lishlarini xohlayman. Haqiqatan ham kim ekanimni yana bir bor isbotlamoqchiman", — dedi Makgregor.

Eslatib o'tamiz, 11 iyul kuni Makgregor besh yillik tanaffusdan keyin oktagonga qaytadi. U UFC 329 turnirining asosiy jangida Maks Xolloueyga qarshi bahs olib boradi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ