Aleks Pereyra navbatdagi jangini qachon o'tkazmoqchi ekanini aytdi
18 IYUN, 2026, 14:48
UFC sobiq chempioni Aleks Pereyra tashkilotdagi navbatdagi jangini qachon o'tkazishni rejalashtirayotgani haqida gapirdi."Menga janglarda ishtirok etish bo'yicha tibbiy komissiya tomonidan 60 kunlik diskvalifikaciya berildi. Avvalo shu muddat tugashi kerak. Menimcha, sentyabr oyi qaytish uchun yaxshi vaqt. O'sha paytga kelib diskvalifikaciya yakunlanadi va to'liq mashg'ulot yig'ini o'tkazib, yaxshi tayyorgarlik ko'rish imkoniga ega bo'laman. O'ylashimcha, sentyabr yaxshi variant", — dedi Pereyra.
Manba: olamsport.com
