logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Jahon kubogi. Feruza Kazakova Xitoydagi yurishini muvaffaqiyatli boshladi

 18 IYUN, 2026, 11:32

- 51 kg vazn toifasidagi vakilamiz Feruza Kazakova Jahon kubogidagi birinchi jangini o'tkazdi.

U ilk bosqichdayoq ashaddiy raqibasiga aylangan germaniyalik Maxi Klotzerga qarshi ringga ko'tarildi. Bu ularning joriy yildagi 3- to'qnashuvi edi. Dastlab yilning boshida “Strandja” turnirida Feruza g'alaba qozongan bo'lsa, Braziliyadagi Jahon kubogida Klotzer zafar quchgandi.

Trilogiyada esa Kazakova barchasiga nuqta qo'ydi. Ikki raundni 5:0 hisobi bilan o'z foydasiga hal qilgan Kazakova 3-raundda asosan jarohat orttirib olmaslikka intildi. SHu tariqa Feruza jiddiy raqibasini 5:0 hisobida taslim etdi va musobaqadagi yurishini davom ettiradigan bo'ldi.

Bugun musobaqa doirasida faqatgina Feruza Kazakova jang o'tkazishi lozim edi. Yurtdoshlarimiz ishtirokidagi janglar ertadan davom ettiriladi. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ