Topuriyaning texnik nokautdan keyingi aytgan ilk so'zlari malum bo'ldi
18 IYUN, 2026, 07:00
UFC sobiq chempioni Iliya Topuriyaning menejeri Xose Dias jangchining Jastin Getjiga qarshi jangdan keyin aytgan birinchi gaplari qanday bo'lganini malum qildi.UFC White House — Freedom 250 turnirida engil vazn chempioni unvoni uchun kechgan bahs Getjining texnik nokautli g'alabasi bilan yakunlangandi.
"Iliyani ko'rganimda u menga aytgan birinchi gap shu bo'ldi: “Muxlislarga jang yoqdimi? Zo'r jang bo'ldimi?” Bu so'zlar uning qanday inson ekanini to'liq ifodalaydi", — deb yozdi Dias ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Manba: olamsport.com
