"Iliya bu jangda g'alaba qozonish uchun o'lishga ham tayyor edi" - Topuriyaning akasi
17 IYUN, 2026, 16:32
UFC sobiq chempioni Iliya Topuriyaning akasi Aleksandr Topuriya ukasining amerikalik Jastin Getjiga qarshi jangdagi mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.AQSHning Vashington shahridagi Oq uy yonida o'tkazilgan UFC Freedom 250 turnirining asosiy jangida Getji texnik nokaut bilan g'alaba qozonib, Iliyaga professional faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni taqdim etgan edi.
"U bu jangda g'alaba qozonish uchun o'lishga ham tayyor edi. Sizlar uchun u — “El Matador”. Men uchun esa u mening ukam. Jangni to'xtatishga majbur edim", — dedi Aleksandr Topuriya.
Manba: olamsport.com
