Pogba Kilian Mbappega bo'layotgan bosim haqida gapirdi
15 IYUN, 2026, 17:54
«Monako» yarim himoyachisi Pol Pogba Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappedagi bosim haqida o'z fikrlarini o'rtoqlashdi.
— Mbappega juda katta bosim o'tkazilyaptimi?
— Unga nisbatan bosim 17 yoshidan boshlangan. Yoshi ulg'aygani sari bu bosim faqat kuchayib bormoqda. Bizning vaziyatda bu u uchun ijobiy bosim bo'lishi ham mumkin va men buni shunday deb hisoblayman. U ajoyib futbolchi. Sizga yoqadimi yoki yo'qmi, u baribir buyuk o'yinchi. Shu sababli u jamoasiga g'alaba qozonishda yordam berishi kerak.
— Bu bosim uni butun faoliyati davomida ta'qib qiladimi?
— Bu bosim yo'qoladi deb o'ylamayman. Bosim doim bo'ladi. Qachonki sen buyuk futbolchi bo'lsang, bosim ham shunga yarasha hamrohingga aylanadi. Agar u zo'r o'yin o'tkazsa — bu normal holat deb qabul qilinadi. Agar yomon yoki o'rtacha o'ynasa — uni darhol tanqid qila boshlashadi. Bu soha shunday tuzilgan. O'yinlar juda ko'p va ulardan keyin fikrni boshqa narsaga chalg'ita olishni bilish kerak. Mana nima uchun u bunchalik ko'p gol uradi. Agar bu narsa unga ruhiy tomondan ta'sir qilganida edi, u butun mavsum davomida bu qadar ko'p gol ura olmagan va yuqori darajada o'ynay olmagan bo'lardi, — dedi Pol Pogba.
