logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Irqchilikka qarshi kurash tashkiloti JCh-2026 hakamining harakati tufayli FIFAga murojaat qildi

 15 IYUN, 2026, 17:48

FIFA 2026 yilgi jahon chempionatida faoliyat olib borayotgan videoassistent (VAR) hakamlaridan birini turnirdan chetlatish haqidagi chaqiriqqa duch keldi.

Associated Press nashrining xabar berishicha, futboldagi irqchilik va kamsitish holatlarini monitoring qilish bilan shug'ullanuvchi Fare tashkiloti Germaniya — Kyurasao uchrashuvi oldidan yuz bergan vaziyatdan so'ng FIFAga murojaat qilgan. Translyatsiya vaqtida VAR rasmiy shaxslaridan biri, avstraliyalik Shon Evans qo'li bilan «OK» (hammasi joyida) ishorasini ko'rsatgan. Fare tashkilotining fikricha, bu harakat o'ta o'ng qanot radikal harakatlari vakillari foydalanadigan ramzni eslatishi mumkin.

Tashkilotning bayonot berishicha, ushbu ishora so'nggi yillarda ayrim radikal doiralarda oq tanlilarning ustunligi g'oyalari bilan bog'lanadigan belgiga o'xshashdir. Shu munosabat bilan, Fare FIFAni Evansni turnirdagi keyingi faoliyatidan chetlatishga chaqirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ