logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Manuel Noyer JCh-2026 o'yinida FIFA reglamentini buzdi

 15 IYUN, 2026, 17:48

Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer Jahon chempionatining Kyurasaoga qarshi kechgan ilk uchrashuvidan (7:1) so'ng diqqat markaziga tushdi. U sport ekipirovkasiga oid FIFA reglamentining biryo'la 2 ta bandini buzdi, deya xabar bermoqda GMS.

40 yoshli golkiper maydonga o'zgartirilgan formada chiqdi: uning futbolkasi englari sezilarli darajada kaltalashtirilgan bo'lib, bu qoidalarga ziddir.

Bundan tashqari, Noyer sport libosi ostidan oq mayka kiyib olgan. Reglamentga ko'ra, futbolchilarga asosiy forma rangidan farq qiladigan ranglardan foydalanish taqiqlanadi. Darvozabonning libosi esa yashil rangda edi.

Hakamlar bu vaziyatga aralashib, futbolchidan ekipirovkasini almashtirishni talab qilishmadi. Katta ehtimol bilan Noyer intizomiy jazodan qutilib qoladi, biroq manbalarning xabar berishicha, turnirning keyingi o'yinlarida u rasmiy shaxslarning qattiqroq nazorati ostida bo'lishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ