logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Tottenxem» Girassini yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsad etib belgiladi

 15 IYUN, 2026, 17:42

Dortmundning «Borussiya» klubi forvardi Seru Girassi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Patrik Berger xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Londonning «Tottenxem» klubi 30 yoshli hujumchini sotib olishni maqsad qilgan va Bundesliga vakilini o'zining yozgi ustuvor transfer maqsadiga aylantirgan. Shu bilan birga, Girassining harakatlarini «Aston Villa», «Milan» va «Atletiko Madrid» klublari ham kuzatib bormoqda.

Alohida ta'kidlanishicha, hujumchining vakillari «Fenerbahe» bilan kelishuvga erishilgani haqidagi xabarlarni rad etishgan, biroq ayni damda futbolchi o'zi uchun ochiq bo'lgan barcha variantlarni o'rganib chiqmoqda.

Yakunlangan mavsumda Girassi barcha turnirlarda jami 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 22 bor ishg'ol qildi va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ