logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Roma» Koneni «Arsenal»ga qo'yib yubormoqchi emas

 15 IYUN, 2026, 17:06

Italiyaning «Roma» klubi boshqa Evropa grandlari tomonidan bo'layotgan jiddiy qiziqishlarga qaramay, yarim himoyachi Manu Koneni jamoada saqlab qolmoqchi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Avvalroq, Londonning «Arsenal» klubi «Roma»dan 25 yoshli futbolchi bo'yicha ma'lumot so'ragani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Biroq, manbaning ta'kidlashicha, Konega nafaqat «Arsenal», balki Milanning «Inter» klubi ham qiziqish bildirmoqda. Shunga qaramay, rimliklar joriy yozgi transfer oynasida futbolchini qo'yib yuborish ishtiyoqida emaslar.

Yakunlangan mavsumda Kone barcha musobaqalarda jami 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ