Arshavin Meksikadagi JCh atmosferasini 2018 yilgi Rossiya bilan solishtirdi
15 IYUN, 2026, 17:06
«Arsenal» sobiq hujumchisi Andrey Arshavin 2018 yilgi Jahon chempionati vaqtida Rossiya shaharlari ko'chalaridagi atmosfera hozirgi Meksikadagidan ko'ra yaxshiroq bo'lgani haqida fikr bildirdi. JCh-2026ning ochilish o'yinida meksikaliklar JAR terma jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etishgan edi.
— Ular g'alaba qozonishdi, hamma xursand, shod-xurram va xushmuomalami?
— Yo'q, shunchaki bularning barchasi qanday rejalashtirilgan bo'lsa, shunday bo'ldi. Xuddi buyurtma qilingandek.
— Rossiyada hozir bunday narsa yo'qligidan qandaydir mahzunlik bormi?
— Nima bo'pti, 2018 yilda bizda shunday bo'lgandi. Menimcha, 18-yilda bizda bundan ham zo'rroq bo'lgan. Menga shunday tuyuladi.
— Shunday bo'lgan, ha, lekin anchadan beri bunga o'xshash hech narsa yo'q.
— Endi, Jahon chempionatlari o'zi umuman kamdan-kam bo'lib turadi, — dedi Arshavin.
Ma'lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanadada bo'lib o'tmoqda. Turnir 11 iyun kuni boshlandi va 19 iyulga qadar davom etadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.
