«Aston Villa» Emiliano Martinesga o'rinbosar topdi
15 IYUN, 2026, 17:00
Agar Argentina terma jamoasi golkiperi Emiliano Martines yozgi transfer oynasida jamoani tark etadigan bo'lsa, «Aston Villa» uni kim bilan almashtirishi mumkinligi ma'lum bo'ldi.
A Bola nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, Birmingem klubi «Benfika» darvozaboni Anatoliy Trubinga qiziqish bildirayotgan jamoalar qatoriga kirgan. Futbolchining o'zi ham Angliya Premer-ligasida o'z kuchini sinab ko'rishni juda xohlamoqda, Portugaliya klubi esa uni kamida 20 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Ortda qolgan mavsumda 24 yoshli Trubin barcha turnirlarda jami 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 43 ta to'p olib chiqdi va 21 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi (quruq o'yin o'tkazdi).
Trubinning «Benfika» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
