logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Van Bronkxorst «Feyenoord»ga qaytmoqda

 15 IYUN, 2026, 16:54

Jovanni van Bronkxorst «Feyenoord» klubiga qaytishga yaqin turibdi. De Telegraaf nashrining xabar berishicha, 51 yoshli mutaxassis barcha rasmiylashtiruv ishlari yakunlanganidan so'ng, Rotterdam klubi bilan ikki mavsumga mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.

Van Bronkxorst uchun bu ushbu jamoa boshqaruvidagi ikkinchi davr bo'ladi. Bundan avval u «Feyenoord»ni 2015 yildan 2019 yilgacha mashq qildirgan va 2016/17 yilgi mavsumda klubni chempionlikka boshlab kelgan edi. Shuningdek, uning qo'l ostida jamoa ikki bor Niderlandiya kubogini va mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan.

Qo'shimcha qilish joizki, van Bronkxorst faoliyati davomida «Guanchjou Siti», Shotlandiyaning «Reyndjers» va Turkiyaning «Beshiktash» klublarida ham bosh murabbiy sifatida ishlagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ