«Arsenal» Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisining agenti bilan muzokaralarni boshladi
15 IYUN, 2026, 15:30
Angliyaning «Arsenal» klubi «Roma» xavbeki Manu Kone transferi ustida ish boshladi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, londonliklar futbolchi haqida ma'lumot so'rashgan. Shuningdek, Angliya grandi Konening agenti bilan ham muzokaralarga kirishgan. Futbolchining «Roma» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Yakunlangan mavsumda Manu Kone 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi. Futbolchi hozirda Frantsiya terma jamoasi safida JCh-2026 musobaqasida ishtirok etmoqda.
