logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Nyukasl» uch nafar etakchisini sotishga majbur

 15 IYUN, 2026, 15:12

Angliyaning «Nyukasl» klubi bir vaqtning o'zida asosiy tarkibning uch nafar muhim futbolchisini yo'qotishi mumkin.

The Chronicle nashriga ma'lum bo'lishicha, «Nyukasl» rahbariyati shu yozda qanot himoyachilari Lyuis Xoll va Tino Livramento, shuningdek, yarim himoyachi Sandro Tonalini qo'yib yuborishga tayyor. Klub o'zining moliyaviy holatini barqarorlashtirish va APLning yangi SCR (moliyaviy barqarorlik) qoidalariga muvofiq bo'lish uchun ushbu qadamni tashlashga majbur bo'lmoqda. Shu bilan birga, futbolchilarning hech biri jamoani tark etish istagini ochiqchasiga bildirmagan.

Angliya chempionatining yakunlangan mavsumini «Nyukasl» turnir jadvalida 12-o'rinda yakunladi va 38 turda 49 ochko jamg'ardi. Yangi mavsumda «hakkalar» evrokuboklarda ishtirok etishmaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ