logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

FIFA JCh-2026ning barcha matbuot anjumanlarida ispan tilidan foydalanishga ruxsat berdi

 15 IYUN, 2026, 15:12

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionatidagi matbuot anjumanlarini o'tkazish reglamentiga o'zgartirish kiritdi va futbolchilar hamda murabbiylar bilan bo'ladigan barcha uchrashuvlarda ispan tilidan foydalanishga ruxsat berdi. Bu qaror musobaqaning dastlabki kunlarida ispan tiliga qo'yilgan taqiq bilan bog'liq ko'ngilsizliklardan so'ng, 14 iyun kuni qabul qilindi, deya xabar bermoqda El País nashri.

Avvalroq reglament faqat ingliz tilida va konkret o'yin ishtirokchisi bo'lgan mamlakatlar tillarida savol berishga yo'l qo'yardi. Braziliya — Marokash va Niderlandiya — Yaponiya uchrashuvlari oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanlarida FIFA moderatorlari Ashraf Hakimiy va Frenki de Yongga ispan tilida murojaat qilgan jurnalistlarning so'zini tarjimon yo'qligini vaj qilib bo'lib qo'yishgan edi. Vaholanki, har ikki futbolchi ham ispan tilini mukammal bilishadi va unda javob berishga tayyor ekanliklarini bildirishgan. Vinisius Junior bilan bog'liq vaziyatda ham braziliyalik futbolchining ispan tilli muxbirga yordam bermoqchi bo'lgan harakati to'xtatib qolingan edi.

Ispan tilli OAVlarning shikoyatlari va keng muhokamalardan so'ng, FIFA ispan tilini sinxron tarjima qilinadigan turnirning ishchi tillari ro'yxatiga kiritdi. Ushbu yangilik 14 iyundan boshlab barcha uchrashuvlarda, jumladan, ispan tilli terma jamoalar ishtirok etmaydigan o'yinlarda ham amal qiladi. Ma'lumot uchun, ispan tili AQShda tarqalishi bo'yicha ikkinchi o'rinda turadigan til hisoblanadi, unda 57 million kishi so'zlashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ