«Bavariya» yarim himoyachi transferini 55 mln evroga kelishib oldi
15 IYUN, 2026, 14:54
«Bavariya» PSV yarim himoyachisi Ismael Saybari bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Klublar o'rtasida transfer shartlari bo'yicha kelishuvga erishildi. Bonuslar bilan birgalikda 55 mln evro, deya xabar bermoqda Bild nashriga tayanib Bayern & Germany. Myunxenliklar hali futbolchi bilan mehnat shartnomasining ayrim bandlarini hal qilishlari kerak, shundan so'ng u tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnomaga imzo chekadi.
Transfermarkt portali ekspertlari Ismael Saybarining transfer qiymatini 40 mln evroga baholamoqda. Yakunlangan mavsumda 25 yoshli futbolchi PSV safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Aynan Saybari Jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turidan o'rin olgan yaqindagina bo'lib o'tgan bahsda (1:1) Marokash terma jamoasining Braziliya darvozasiga kiritgan goliga mualliflik qilgan edi.
