Nagelsmann Sanega nisbatan aytilgan tanqidlarga munosabat bildirdi
15 IYUN, 2026, 14:42
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann jamoatchilik tomonidan Leroy Sanening o'yiniga nisbatan bildirilgan salbiy fikrlarga izoh berdi.
Yakshanba kuni Germaniya milliy terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichining birinchi turi doirasida Kyurasao terma jamoasini tor-mor etdi (7:1). «Galatasaroy» vingeri uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va o'yin yakunigacha maydonda harakat qildi, biroq samarali harakatlar bilan ajralib tura olmadi.
«Leroyning o'yiniga baho berishda e'tibor qaratish lozim bo'lgan eng muhim jihat — uning o'yinga qo'shgan umumiy hissasidir. U juda ko'p mehnat qildi, o'tish fazalarida yaxshi harakat qildi va ham hujumda, ham himoyada jamoaga yordam berdi. Menimcha, u ushbu uchrashuvda ulkan masofani bosib o'tdi va raqib himoyachilari ortiga tinimsiz ravishda yorib kirdi», – dedi Nagelsmann o'yindan keyin OAVga bergan intervyusida.
20 iyun kuni Bundestim ikkinchi tur bahsida Kot-d’Ivuar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
