«Real» Kukurelya transferini qachon e'lon qilishi ma'lum bo'ldi
15 IYUN, 2026, 14:00
«Chelsi» klubi chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya Madridning «Real» klubiga rasman o'tish arafasida turibdi.
Yakshanba kuni ma'lum bo'lishicha, «qaymoqranglilar» ushbu transfer borasida London klubi va futbolchining o'zi bilan to'liq kelishuvga erishgan. Cadena SER nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, «qirollik klubi» ushbu bitimni bugun — dushanba kuniyoq rasman e'lon qilishi kutilmoqda. Bu xabarni taniqli insayder Fabritsio Romano ham tasdiqladi.
Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, «Real» Mark Kukurelyaning transferi uchun 55 million evro to'laydi, yana 5 million evro esa bonuslar ko'rinishida amalga oshirilishi mumkin. Qiziqarli jihati shundaki, yaqingacha 27 yoshli futbolchi uchun La Liganing boshqa grandlari — «Barselona» va «Atletiko» asosiy da'vogar hisoblanayotgan edi.
