logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» futbolchisi Kasado yangi klub tanladi

 15 IYUN, 2026, 14:00

«Barselona» klubining 22 yoshli yarim himoyachisi Mark Kasado faoliyatini boshqa bir Ispaniya klubida davom ettirishga qat'iy qaror qilgan.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarlarga ko'ra, Kasado doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida Madridning «Atletiko» klubiga o'tish niyatida. «Matraschilar»ning sport rahbariyati Kasadoni tarkibni kuchaytirish uchun ideal variant deb hisoblamoqda, biroq jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone hozircha ushbu transferga rasman rozilik bergani yo'q.

«Barselona» rahbariyati Kasadoni 25-30 million evro evaziga sotishga tayyor. Qayd etish lozimki, «Atletiko» yarim himoyachi uchun kurashayotgan yagona da'vogar emas. Futbolchining xizmatlariga, shuningdek, «Manchester Yunayted», «Bayer», «Al-Hilol» va «Monako» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Yakunlangan mavsumda Kasado barcha musobaqalarda jami 34 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta golli uzatma yozdirib qo'ygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ