Makgregor Topuriyaning Getji bilan jangdagi mag'lubiyati haqida gapirdi
15 IYUN, 2026, 14:00
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor UFC Freedom 250 turnirining asosiy jangini beetibor qoldirmadi.Oq uy oqshomining asosiy jangida Iliya Topuriya kutilmaganda amerikalik Jastin Getjiga texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lib, kamaridan ayrilgandi.
"O'zi taslim bo'ldi. Buni ko'rish juda achinarli. Lekin u har holda, garchi achinish bilan bo'lsa-da, hurmat qozondi. Bugungi do'pposlashdan keyin u yanada kuchliroq bo'ladi deb umid qilaman", - deb yozdi Makgregor X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Etiborlisi, bugun Iliya Topuriya faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Uning g'alabalari 17 taligicha qoldi. Jastin Getji hisobida esa 28 g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor.

Manba: olamsport.com
