logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Yunayted» Tonali transferi bo'yicha bir qarorga keldi

 15 IYUN, 2026, 13:54

«Nyukasl» klubi yarim himoyachisi Sandro Tonalining «Manchester Yunayted»ga o'tish ehtimoli juda past.

Transfer News Live nashri insayder Fabritsio Romanoga tayanib xabar berishicha, «qizil iblislar» «qarg'alar»ning 26 yoshli yulduzini sotib olish fikridan voz kechishgan. Bunga futbolchi uchun belgilangan transfer narxining haddan tashqari yuqori deb topilgani sabab bo'lgan. Mankunianliklar rahbariyati e'tiborni moliyaviy jihatdan qulayroq bo'lgan boshqa nomzodlarga qaratishga qaror qildi.

Qayd etilishicha, Sandro Tonali va Lyuis Xollning transferlari «MYu»ga umumiy hisobda 140-150 million evroga tushishi mumkin edi. Shunga qaramay, italiyalik futbolchidan farqli o'laroq, angliyalik chap qanot himoyachisi Xoll hamon Manchester grandining qiziqishlar doirasida qolmoqda.

Ortda qolgan mavsumda Tonali «Nyukasl» safida barcha musobaqalarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ