logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kubarsi Flik va de la Fuenteni o'zaro solishtirdi

 15 IYUN, 2026, 13:36

Kataloniyaning «Barselona» klubi markaziy himoyachisi Pau Kubarsi «ko'k-anorranglilar» ustozi Xans-Diter Flik va «qizil furiya» bosh murabbiyi Luis de la Fuenteni o'zaro solishtirdi.

«De la Fuente va Flik bir-birlariga juda o'xshash. Bu ikki murabbiy har doim yordam berishga shay turadi. Ular sizning yo'l qo'ygan xatolaringizga emas, balki qilayotgan harakatlaringiz va mashqlaringizga e'tibor qaratishadi. Ular futbolchilarga ishonch bag'ishlay oladi. Ularning ish uslubida o'xshash jihatlar juda ko'p. Menga bunday o'yin uslubi yoqadi», — deya himoyachining so'zlarini Mundo Deportivo nashri keltirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionatining guruh bosqichida Ispaniya milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoni, Urugvay va Kabo-Verde terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ